Xalqaro loyihalar

«ERASMUS+» DASTURI LOYIHASI

Guliston davlat universiteti Yevropa Ittifoqining «Erasmus+» dasturining 2016 yil tanlovi bo‘yicha 1 ta loyihasida hamkor sifatida ishtirok etmoqda. (Batafsil ma’lumotlar http://renes.uz)

574055–EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP «RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish»

Loyihaning maqsadi:

O‘zbekistonda davlat muassasalari jamiyati, sanoati ekologik va energiya muammolarini mahalliy va mintaqaviy darajada hal qilishga ega bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasidagi mutaxassis - muhandisning yangi profilini yaratish.

Loyihaning vazifalari:

1. O‘zbekiston hamkor OTMlarida (GulDU, UrGU, ADU, QarDU, TAYI, TUPU) qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida mavjud bo‘lgan magistrlik dasturlarini yangilash,qayta ishlab chiqish va yevropaning ECTS tizimidagi yangi magistrlik dasturini kiritish;

2. Barqaror atrof-muhit va qayta tiklanuvchi energiya holatini baholash uchun laboratoriyalar tashkil etish

3. O‘zbekiston hamkor OTMlari professor-o‘qituvchilarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida salohiyatini oshirish;

4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit bo‘yicha, ma’lumot va axborotlarni yetkazishni takomillashtirish bo‘yicha davlat tashkilotlari, korxona, ta’lim muassasalarida o‘quv seminarlarni tashkil etish, ta’lim – innovatsiya, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish; 

Grantxolder: L`Akuila Universiteti (UNIVAQ (IT), Italiya, 

Loyiha budjeti: 850 975 00 yevro; GulDU uchun 83.480,00 yevro  

Loyiha muddati: 15.10.2016 - 15.10.2019 yilgacha 

Loyiha hamkorlari:

Yevropa 4ta OTMlari:

L`Akuila Universiteti (UNIVAQ (IT), Italiya – koordinator;

Berlin Texnika Universiteti TUB (DE),Germaniya;

Shvetsiya Texnologiya Qirolligi instituti KTH (SE), Stokgolm

Sofiya Ximiya-texnologiya va metallurgiya Universiteti UCTM (BL), Bolgariya

O‘zbekiston 6ta OTMlari va noakademik tashkilotlar:

Andijon davlat universiteti

Guliston davlat universiteti

Qarshi davlat universiteti

Urgench davlat universiteti

Toshkent avtomobil yo‘llar instituti

Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Quyosh energiyasi xalqaro instituti MIRSOLAR LTD

Andijon tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?