liy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi
Aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish, fuqarolarning oʻrinli murojaatlariga joyida yechim topish, taʼlim sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish maqsadida 2025-yil 29-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Guliston davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi. Qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda mahalliy aholi vakillari oʻz muammo va takliflari bilan ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida koʻtarilgan masalalar mazmunan turlicha boʻlib, ularning har biri vazir tomonidan diqqat bilan eshitildi va tegishli tartibda koʻrib chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
