14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 23-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlar kunini belgilash to'g'risida"gi Qonunni imzolandi. Ushbu qonunga ko'ra 20-avgust tadbirkorlar kuni etib belgilandi.
Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati va Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan joriy yilning 25-26-iyul kunlari Guliston, Mirzaobod, Boyovut tumanlari hamda Yangiyer va Guliston shaharlarida tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar o'tkazilib, uchrashuvlarda tadbirkorlarning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolari, shuningdek taklif va istaklari tinglandi.
Uchrashuv erkin ravishda olib borilib, Sirdaryo viloyat sudi rahbariyati tomonidan tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud orqali himoya qilinishi, tadbirkorlik sub'ektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar o'rtasidagi nizolar bo'yicha ishlarni ko'rib chiqishda qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub'ektining foydasiga talqin etilishi, davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Xususan, uchrashuvda ishtirok etgan "Sarbonteks" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxona bosh hisobchisi S.Qulmonov iqtisodiy sudga da'vo ariza ariza bilan murojaat etganligi, da'vo arizasi sudning hal qiluv qaroriga asosan qisman qanoatlantirilganligi, bugungi kunda sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirib, javobgardan qarz summasini undirish bo'yicha ijro varaqasi majburiy ijro byurosiga ijro qilish uchun taqdim qilinganligi, ammo sudning hal qiluv qarori ijrosi hozirda belgilangan muddatda ijro etilmayotganligini tushuntirib, ushbu muammoni echishda amaliy yordam berishni so'radi.
Sirdaryo viloyat sudi raisi A.Xudoyberdiyev tomonidan murojaatchiga O'zbekiston Respublikasining "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonuni
30-moddasida belgilangan ijro hujjatiga asosan majburiy ijro harakatlarini olib borilishi muddatlari va tartibi to'g'risida tushuntirishlar berilib, mazkur murojaat nazoratga olinib, sud hujjatining ijrosi ta'minlanmayotganligi holati tahlil etilib, ushbu murojaatni qisqa muddatlarda hal etilishini ta'minlash yuzasidan majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasiga taqdim etilishi belgilandi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvlar davomida jami 7 nafar tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan bo'lsa, 3 ta murojaat alohida o'rganib chiqish uchun qabul qilib olindi.
N.Abdullayev
Guliston tumanlararo
Iqtisodiy sudi sudyasi
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish