Talabalar turar joyi binosini qurish

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Guliston davlat universitetiga xususiy tashabbuskor “CAREFUL BULDERS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Guliston davlat universiteti (0,3 gektar) hududida 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

 

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

 

👉Qiziqish bildirish uchun soʻrov

 

👉Loyiha konsepsiyasi;

 

👉Loyiha to‘g‘risida ma’lumot

 

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar ushbu e’lon web saytga joylashtirilgan sanadan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

Guliston davlat universiteti

Elektron pochta manzili: glsu_info@edu.uz

Telefon raqami: +998(67) 225-35-24; (67) 225-40-42

Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Boʻston” MFY Saroy koʻchasi 9-uy.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?