Hashar – elga yarashar!
Hurmatli professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar!!!
Butun mamlakatimiz bo’ylab 2018 yil 18-19 avgust kunlari “Umumxalq hayriya hashari” deb e’lon qilindi. Barchangizni ming yillar davomida xalqimizning qadriyatiga aylanib ketgan, uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi hisoblangan hasharda faol ishtirok etishingizni so’raymiz.
Universitetimizni saranjom-sarishta, toza va ozoda, obod va ko’kalamzor bo’lishida har birimiz o’z hissamizni qo’shaylik!
Universitet ma’muriyati
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
