14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
O’tib borayotgan har bir kunimiz bizni eng aziz, eng ulug’ ayyom- Mustaqillik bayrami nishonlanadigan qutlug’ sana sari tobora yaqinlashtirmoqda. Shunday shukuhli kunlarda Guliston davlat universiteti jamoasi ham Mustaqilligimizning 27 yilligini munosib kutib olish maqsadida yanada shijoat va ko’tarinki kayfiyatda faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, universitetda yangi 2018-2019 o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 3775-sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyundagi 504-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining yangi 2018-2019 o’quv yiliga samarali tayyorgarlik ko’rish ishlarini tashkillashtirish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan rektor, barcha prorektorlar, dekanlar va kafedra mudirlari hamda tegishli bo’lim boshliqlarining “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.
Ayni paytda “Yo’l xaritasi”da belgilangan choralarni jadallik bilan amalga oshirish va davom ettirish, bajarilgan ishlarni monitoring qilish asosida aniqlangan ayrim kamchiliklarni o’z vaqtida va tezda bartaraf etish, qo’shimcha choralarni ko’rish masalalari doimiy e’tiborda bo’lmoqda.
Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish va o’quv jarayonini sifatli tashkil etishni ta’minlash bo’yicha kafedralarda doimiy ravishda monitoring o’tkazib borilmoqda. Mazkur jarayonda kafedralarning ishchi o’quv reja va ishchi fan dasturi, namunaviy o’quv rejasi, auditoriyalarning yangi o’quv yiliga tayyorgarlik holati, ma’ruzalarning elektron shakllari, kafedraning reyting nizomi, barcha ta’lim yo’nalishlari uchun DTS va malaka talabalari bilan ta’minlanganlik kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Universitetdagi barcha ta’lim yo’nalishlari uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilgan o’quv rejalari asosida universitetning ishchi o’quv rejalari tuzildi.
Muvofiqlashtirilgan ishchi o’quv rejalar asosida o’qitiladigan barcha fanlardan ishchi fan dasturlarining elektron varianti tayyorlab qo’yildi. Fanlar bo’yicha o’quv uslubiy majmualarning elektron varianti ekspertizadan o’tkazildi va chop etildi. Barcha fanlar bo’yicha namunaviy dasturlarda keltirilgan asosiy adabiyotlar ro’yxati shakllantirilib, etishmayotgan adabiyotlarni olib kelish va to’ldirish chora – tadbirlari ishlab chiqildi.
Yangi o’quv yilidan universitetda masofaviy ta’limni ham rivojlantirish rejalashtirilgan. Bu borada xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribalaridan o’rganish, ulardagi professor-o’qituvchilar tomonidan o’tiladigan “vebinar” darslarni yanada ko’paytirish ko’zda tutilmoqda.
Universitetda xalqaro hamkorlik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, yangi o’quv yili jarayoniga xorijiy mamlakatlardan professor-o’qituvchilarini jalb etish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Qozog’iston kabi davlatlaridan 66 nafar professor-o’qituvchi taklif etilgan bo’lib, ular bilan shartnomalar tuzilgan. Ular fanlar kesimida, tsikl yoki kurs davomida ma’ruza va seminarlar o’tishadi.
Yangi o’quv yilida kafedralarni yo’riqnoma asosida jihozlashga alohida e’tibor qaratildi. Kafedralardagi mavjud laboratoriyalarning texnik vositalari yaroqliligi bo’yicha taftishdan o’tkazilib, ta’mirtalab jihozlar va texnik vositalar 1 avgust holatiga to’la ta’mirdan chiqarildi va bu boradagi ishlar o’z nihoyasiga etkazildi. Bundan tashqari “ErazmucQ” dasturining “RENES” loyihasi bo’yicha qiymati 40.000 (qirq ming) evro miqdoridagi quyosh energiyasini qayta ishlovchi laboratoriya uskunasi Ispaniya davlatidan olib kelindi.
Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik barchamiz uchun mas’uliyatli jarayondir. Zero, oldimizda etuk va malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi turibdi.
Matbuot xizmati
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish