Ilm-fanning innovatsion rivojlanishi tizimida
Guliston davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori H.Qo‘shiyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan "Eksperimental biologiya" laboratoriyasiga bu yil 20 yil bo‘ldi. Ushbu muddat davomida uning faoliyati davomida oddiy kichik bir xonada olib borilgan tadqiqotdan bugungi kunda respublika va xalqaro miqyosda tan olingan laboratoriya va ilmiy maktab shakllandi. Laboratoriyaning ilmiy xodimlari xalqaro tashkilotlar, fondlar, hamkor tashkilotlar (respublika va xorijiy) diqqatini jalb qilgan holda laboratoriyaning 5 ta tadqiqot yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. Professor H.Qo‘shiyev rahbarligida laboratoriyada olib borilgan tadqiqotlar asosida 10 dan ortiq ilmiy darajali (fan nomzodi, PhD, DSc) shogirdlari turli joylarda va lavozimlarda faoliyat olib bormoqdalar.
Eksperimental biologiya laboratoriyasi tomonidan universitetda ta’lim sifati va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning 2 ta ustuvor yo‘nalishini quyidagicha tizimda bog‘lashni taklif qilishadi:
1) “Ilm orqali bilim”, ya’ni OTM (kafedra, fakultet) bazasida ilmiy laboratoriya-markaz bo‘lishi va OTMda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi birinchi o‘rinda tadqiqotchi bo‘lishi e’tirof etiladi;
2) “Amaliyot va ishlab chiqarish orqali bilim”, ya’ni OTMda o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda olib borilishi (ishlab chiqarish bazalarida kafedralar shahobchalarini tashkil etish) yuqori malakali kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati qayd etiladi.
Experimental biologiya laboratoriyasi (UZB)
Experimental biology laboratory (ENG)
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
