Universitetning ilmiy laboratoriyalari

Universitetning ilmiy laboratoriyalari haqida ma’lumot.

Fanni ta’lim va ishlab chiqarish bilan mustahkam bog’liqligini ta’minlash hamda yaratilgan yangi g’oya, texnologiya va loyihalarning hayotiyligini ta’minlash maqsadida universitet kafedralari qoshida ilmiy laboratoriyalar, tadqiqot markazi va  kafedra filiallari tashkil etilgan.

Ilmiy laboratoriya va tadqiqot markazlari ta’lim bilan ishlab chiqarish  jarayonini bir-biriga uzviy bog’lovchi muhim halqa sifatida xizmat qilmoqda.

 Universitetda  faoliyat yuritayotgan 7 ta ilmiy laboratoriyalar ilmiy hamkorliklarni yo’lga qo’yish, mahalliy va mintaqaviy muammolarni o’rganish va yechimini topishga qaratilgan. Mazkur laboratoriyalarga yetuk professorlar va dotsentlar rahbarlik qilmoqdalar.

 

Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy laboratoriyalar

Laboratoriya nomi

Qaysi kafedra qoshida faoliyat yuritadi

1.

Tuproq va o’simliklar kimyosi

“Kimyo”

2.

Organik moddalar kimyosi

“Kimyo”

3.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish

“Axborot texnologiyalari”

4.

Eksperimental biologiya

“Biologiya”

5.

O’simliklar ekologiyasi

“Ekologiya va geografiya”

6.

Pedagogik innovatsiya markazi:

1-laboratoriya

2-laboratoriya

3-laboratoriya

“Pedagogika va psixologiya”

7.

Yarimo’tkazgichlar va geliofizika ilmiy laboratoriyasi

“Fizika”

Ushbu laboratoriyalarga professor-o’qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalar bilan birga, ishlab chiqarish korxonalari va muassasalari mutaxassislari ham jalb etilgan. Bu ta’lim fan va ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyaning rivojlanishi uchun muhim bir asos bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bu holatni ishlab chiqarish korxonalari va ta’lim muassasalaridan mutaxassis va xodimlarning qilayotgan tashriflari va hamkorlikda olib borilayotgan ishlarida ko’rish mumkin.

Guliston davlat universiteti  ilmiy laboratoriyalarida bugungi kunda olib borilayotgan  ishlarning aksariyati Mirzacho’l sharoitida sho’rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suvdan oqilona foydalanish masalalariga qaratilgan. Izlanishlar natijasida ilmiy asoslanmagan agrotexnik tadbirlarni qo’llashning  salbiy oqibatlari ma’lum bo’ldi. Xususan, singib yo’qolgan suvlar sizot suvining ko’tarilishiga, natijada yerning ikkilamchi sho’rlanishiga olib kelgan. Universitet olimlari suv sarfini kamaytirish omillari borasida izlanishlar olib borar ekan, yerlarning sho’rlanishini ham  hisobga olgan holda  tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Sug’orish tizimlarining dala boshigacha  beton ariqlardan iborat bo’lishini ta’minlash, tik va yopiq drenajlardan unumli foydalanish, suv yo’llari atrofida dov-daraxtlar o’stirish, oqovalarni filtrlab,  tozalangan holda ekinlarni sug’orishda qaytadan foydalanish, sholi maydonlariga suvni uzib-uzib uzatish kabi ilmiy asoslangan tavsiyalar  fermerlarga yetkazilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?