Mening orolim mavzusida davra suhbati

2019 yil 5 noyabr kuni universitetda talabalar ishtirokida Orol dengizi fojeasini bartaraf etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Guliston davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.B.Niyazov, Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Haydarov, Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Ikromov, Guliston shahar madaniyat bo‘limi mutaxassisi O.Artikova, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Sh.Abdurasulov, fan o‘qituvchilari va 90 nafar talabalar qatnashdi.

Tadbirda yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, ishlab chiqarishda ilm-fan yutuqlaridan samarli hamda oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa tarmoqlarda ekologik muhit uchun zarari kam, sof texnologiyalarni qo‘llashga qaratilayotgan e’tibor, mamlakatimizda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhasi qatorida ekologik muammolarni bartaraf qilish, salbiy oqibatlarning oldini olish, atrof-muhit va inson salomatligini muhofaza etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, jumladan Orol dengizi, uning oldinigi va bugungi holati, Orol dengizining inson salomatligi va dunyo ekologiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mamlakatimiz hamda jahon hamjamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.


 

83 | 2019-11-08 07:14
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish