Oʻsimliklarning inson hayotidagi roli.

Yer yuzida 500 mingdan ortiq oʻsimlik  turi bor. 6000 tasidan inson kundalik extiyoji uchun foydalanadi.
 Yashil oʻsimliklar havoni tozalaydi, kishilarga estetik zavq beradi, dalalarni shamollardan himoya qiladi, tuproqni yemirilishdan saqlaydi, inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish materiallari kabi ahamiyatga ega. Oʻsimliklar havodagi changning 70 -80 %ini yutadi. Ular orasida shunday fitontsidlarga ega oʻsimliklar borki, xavodagi turli kasallik tarqatuvchi virus, zamburugʻlarni 40-50 % gacha kamaytiradi.
Oʻsimliklar fotosintez jarayoni natijasida xavodan karbonat angidrid gazini yutib, yiliga 5·1011  tonna kislorod chiqaradi va 200 mlrd tonnadan ortiq organik mahsulot toʻplaydi. Oʻsimliklar atmosferadagi kislorod balansini ushlab turadi. Xozirgi  kunga kelib esa, insonning taʼsirida xavoning doimiy tarkibi biroz oʻzgardi. Karbonat angidrid (SO2) gazi  0,03% dan salkam 1% ga yaqinlashmoqda. Kislorod ham sezilarli darajada kamaygan. Bu qisqa oʻzgarish  yer yuzida global isish  (parnik effekti) muommosini keltirib chiqardi.
Yer yuzidagi eng katta oʻrmonlardan Tayga, Amazonka daryosi qirgʻoqlaridagi oʻrmonlar, savannalar bir necha minglab maydonlarni egallaydi. Amazonka daryosi qirgʻoqlaridagi choʻzilgan oʻrmonlar dunyodagi eng boy flora deb atalib, unda 300 mingdan oshiq oʻsimlik turi uchraydi.
Tropik oʻrmonlar sayyoramizning oʻpkasi sanaladi. Bu oʻrmonlar minutiga 25-30 ga kesilmoqda. Birgina yogʻochning oʻzidan 20 ming xil mahsulot olinadi. 30 mingdan ortiq oʻsimlik turi yer yuzidan yoʻqolib ketgan. Bundan 50 yil oldin yer yuzidagi quruqlikning 49 % ini oʻrmonlar egallagan edi. Xozirgi kunda esa bor yoʻgʻi 27% tashkil etadi. Bundan koʻrinib turibdiki oʻrmonlar salkam 2 barobarga qisqargan.  Oʻzbekistondagi oʻrmonlar egallagan maydonlar umumiy yer maydoniga nisbatan bor yoʻgʻi                3,2 % ni tashkil qiladi. Oʻzbekistonda 12 % oʻsimliklar esa muhofaza talab. Boyligimiz, duru gavxarimiz hisoblangan bu oʻsimliklarni ayniqsa uning shifobaxsh turlarini va ayrim hayvon turlarini muhofaza qilish ishlari mamlakatimizdagi 9 ta qoʻriqxonada, 9 ta buyurtmaxonada, 2 ta milliy bogʻ,            1 ta ekomarkaz, yuzlab tabiatning nodir maskanlarida, ziyoratgoxlarda, jami 400 ga yaqin alohida qoʻriqlanadigan hududlarda amalga oshirilmoqda.

Ekalogiya va geografiya kafedrasi


233 | 2019-09-04 23:52
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish