Jahon dinlari asosida ekologiya muammoni yechish davr talabi

Kishilarni ekologik madaniyatini shakllantirishda albatta ularning diniy eʼtiqodlaridan kelib chiqib ish yuritsak muvaffaq boʻladi deb oʻylaymiz, chunki dunyoda dini, ishonchi boʻlmagan xalq yoʻq.  Har bir xalq dinsiz eʼtiqodsiz biron narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. “Din” ning oʻzi ham arabchadan “ishonch”, “ishonmoq” degan maʼnolarni anglatadi.
Xalqni diniy eʼtiqoddan foydalangan holda tabiat neʼmatlaridan toʻgʻri foydalanishga chaqirish nisbatan oson boʻladi. Hozirgi davrdagi xalqlarni muqaddas dinlarida albatta qaysidir maʼnoda tabiatning ”jon”li, ”jon”siz unsurlariga nisbatan qanday munosabatda boʻlish kerakligi haqida soʻz borgan. Masalan dastlabki diniy taʼlimotlaridan biri boʻlgan totemizm (indeyslar tilida ”o totem”, yaʼni  ”uning urugʻi” degan maʼnoni anglatadi) dinga sigʻinuvchi indeytslar- ishonuvchilarning oʻzlari bilan ayrim hayvonlar, oʻsimliklar orasida gʻayritabiiy aloqa, yaqinlik, qon-qarindoshlik bor deb faraz qilishgan bu esa oʻz avlodini aloqasi boʻlgan hayvon yoki oʻsimliklarga nisbatan mehrli, uni himoya qilishni, asrab avaylashni taqazo etgan.
Fetishizm (portugalcha ”fetisho”, frantsuzcha ”fetish” soʻzlaridan olingan boʻlib ”sehrli narsa” degan maʼnoni anglatadi) diniga sigʻinuvchilar jonsiz va jonli narsalarni gʻayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sigʻinish bilan mashgʻul boʻlganlar. Bu odat koʻpgina xalqalarda hozir ham saqlanib qolgan. Oʻzlari ilohiy kuch qudratga ega deb oʻylagan toshga oʻsimlik va hayvonga nisbatan eʼtiqod qilishgan.
Markaziy Osiyo xalqlari ham ayrim oʻsimliklarni jumladan: sunbula, tudona, sedona, tasbeh, qalampirmunchoq, koʻztikan, koʻktikan, gulhamishabahor, piyoz, sarimsoq, achchiq qalampir, isiriq, doʻlana, murch, pista, chilonjiyda daraxtlardan yongʻoq, chinor, anjir, jiyda, archa va boshqalarni ilohiylashtirganlarki bu oʻsimliklarni hozir ham xalqlarimiz qandaydir ilohiy kuch qudrati bor deb qarashadi. Bu orqali yuqorida nomlari zikr etilgan oʻsimliklarni asrab ularni koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyishimiz mumkin.




M.M.Axunboboyev
Guliston davlat universiteti
Ekalogiya va geografiya kafedrasi
katta oʻqituvchisi



215 | 2019-09-04 23:56
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish