UMUMXALQ XASHARI GULISTON DAVLAT UNVERSITETIDA HAM KO’TARINKI RUHDA O’TKAZILMOQDA.
Respublika miqyosida Navro’z umumxalq bayramini ko’tarinki ruhda nishonlash maqsadida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg’in amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda joriy yilning 18-19 mart kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan umumxalq xayriya hasharining birinchi kuni Guliston davlat universitetida ham uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda. Unda universitetning 2100 nafardan ortiq professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
