Masofaviy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish bo'limi

Bo‘lim boshlig‘i:: Taniberdiyev Akbarjon Abduganiyevich
Qabul vaqti: Payshanba-juma (15:00-17:00 gacha)
rus, ingliz tillari
(+99867) 225-05-73
akbartaniberdiev@gmail.com
Masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirish bo'limi
Masofaviy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish bo'limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli farmonlari asosida tashkil etilgan.
Masofaviy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish bo'limi masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish hamda masofaviy ta’lim kontentlarini yaratishni tashkillashtirish va masofaviy o‘qitish jarayoniga joriy etish bilan shug‘ullanadi.
2025–2026 o‘quv yilidan boshlab masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda talabalar qabul qilindi:
- 60310300 – Psixologiya
- 60220300 – Tarix
- 60920100 – Ijtimoiy ish
- 60410100 – Iqtisodiyot
- 60410800 – Menejment
- 60410200 – Buxgalteriya hisobi
Masofaviy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish bo'limining vazifalari
- Masofaviy o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish;
- Masofaviy ta’lim berish uchun yagona axborot-ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish;
- Masofaviy ta’lim uchun ta’lim kontentlarini (audio, video va grafik) yaratilishini tashkillashtirish va masofaviy o‘qitish jarayoniga joriy etish;
- Masofaviy ta’lim tizimida (mt.guldu.uz) talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yagona unifikatsiyalangan interfeysni yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
- Masofaviy o‘qitish tizimida (mt.guldu.uz) professor-o‘qituvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berish;
- Masofaviy ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar kontingenti bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;
- Masofaviy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning oraliq va yakuniy nazoratlarini tashkil etish va natijalarini tahlil qilish;
- Masofaviy ta’lim tizimida tahsil oladigan talabalarni kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish;
- Shartnoma asosida boshqa ta’lim muassasalariga masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ularning texnik hujjatlarini ishlab chiqish, dasturiy ta’minotlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlashda qatnashish;
- Elektron va masofaviy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etish;
- Masofaviy ta’lim platformasi faoliyatini yuritish.
Masofaviy ta’lim platformasi
Zoom platformasida fanlarning nazariy va amaliy darslari uchun talabalar bilan kontakt vaqtlari jadvali tashkil etiladi. Talabalar fanlarning Zoom platformasidagi linklarini login va parollari orqali o‘z guruhlari kesimida bilib olishadi.
E'lon!
Masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida talaba istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari va o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratib beriladi.
Buning uchun Masofaviy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish bo'limiga murojaat qiling!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文

.jpg)

