14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
Buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining
682 yilligiga ba’g’ishlangan “Amir Temur bilimdoni”
viktorinasining savollari.
1. Amir Temurning jang maydonida uchratgan eng so’nggi raqibi kim edi?
a) Sulton Boyazid b) Qora Yusuf c) Iskandar Shayxiy
2. Ibn Xaldunning yozishicha Amir Temur ona tomondan qaysi podshohga qarindoshligini ta’kidlaydi?
a) Buxtannasr b) Manuchehrc) Xusrav
3.Ibn Arabshohning yozishicha, keyinroq Go’ri Amir deb nomlangan madrasa imomi Jamoluddin Ahmad al-Xorazmiy qaysi temuriy shahzodaga saboq bergan?
a) Muhammad Sulton b) Pirmuhammad Mizro c) Ibrohim Sulton
4. Temuriylar davriga mansub “ukulka” atamasining ma’nosi nima?
a) qonun-qoida b) mukofot yer-mulki c) mukofot mablag’i
5. Amir Temurni yoshligida cho’pon bo’lganini kim yozib qoldirgan?
a) Ibn Xaldun b) Ibn Arabshoh c) Klavixo
6. Qaysi yevropalik yozuvchi asarida Amir Temur mukammal hukmdor sifatida tasvirlangan?
a) K.Marlo b) N.Makiavelli c) J.Boden
7. Mazkur ingliz tarixchisi o’z asarlarida Amir Temurning oddiy bekdan Osiyo hukmdorigacha ko’tarilishidan hayratdaligini yozadi. U kim edi?
a) P.Brachcholi b) M.Sharmua c) E.Gibbon
8. Samarqandda Sohibqiron buyrug’i bilan 20 kunda savdo rastalari qurilgani kimning asarida qayd etilgan?
a) Shomiy b) Klavixo c) Ibn Arabshoh
9. Amir Temur tomonidan qurdirilgan qaysi me’moriy yodgorlik Podsho Rossiyasi vakillari tomonidan XX asr boshlarida atayin portlatib yuborilgan?
a) Ruhobod b) Tuman oqa maqbarasi c) Xoja Ahmad maqbarasi
10. Muallifi noma’lum “Muizzul-ansob” asari Amir Temur faoliyatini o’rganishdagi qaysi sohani yoritadi?
a) davlat tuzilishi tarixi b) shajara tarixi c) harbiy yurishlar tarixi
11. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Amir Temur 1389-1398-yillarda qaysi davlatga 9 marta elchi yuborgan edi?
a) Min davlati b) Usmoniylar davlati c) Misr davlati
12. Amir Temurning faoliyati bilan aloqador qaysi shaxsga ta’rif berilmoqda: “g’oyat xasisligi tufayli karbos matodan kiyim kiyardi. Libosi egar koshiga ishqalanib yirtilsa, unga yamoq solardi”
a) amir O’ljoytu b) amir Husayn c) amir Muso
13. Sohibqiron hayotligida qaysi temuriyzoda shahzoda dushman tarafga o’tib, xoinlik qilgan edi?
a) sulton Husayn b) Xalil sulton c) Muhammad Mirzo
14. Amir Temur o’zini nechanchi islom dinini yangilovchi shaxs sifatida bilgan?
a) to’qqizinchi b) yettinchi c) sakkizinchi
15. Ma’lumki, Amir Temur qo’shinidagi qirqta urug’dagilardan 12 ta amir tayinlagan. Totorlardan kim amir etib tayinlangan?
a) Sori Bug’o b) Elchi Bahodir c) Kunakxon
16. Amir Temurga To’xtamishxonga qarshi 1395-yildagi yurishi davrida tish tozalagich – misvoqqa zahar surtilib, joniga qasd qilingani qaysi tarixiy asarda keltirilgan?
a) Temur tuzuklari b) Temurnoma c) Zafarnoma
17. Amir Temur qaysi yildagi harbiy yurishida ilk bor qo’shinni yetti qo’lga bo’lishni qo’llagan?
a) 1395-yil b) 1402-yil c) 1391-yil
18. Sohibqironning mashhur bog’larining qaysi birining markazida but shaklidagi katta bino qurilgan?
a) Bog’i Chinor b) Bog’i Navda c) Bog’i Davlatabod
19.“Ustidagi ko’k beqasam yaktakni ikki yelkasi va yenglariga bittadan zarhal halqa tikilgan. Boshidagi qalpog’i yirik marvarid bilan bezatilgan”. Ispaniyalik elchi Klavixo mazkur ta’rifni qaysi temuriy shahzodaga beradi?
a) Muhammad Sulton b) Pirmuhammad Mirzo c) Ibrohim Mirzo
20. Klavixo Samarqanddagi qaysi bazmda eman shaklidagi oltin daraxtni ko’rganini yozadi?
a) Xonzodabegim bazmi b) Saroymulkxonim bazmi c) podsho saropardasidagi bazm
21. Amir Temur qaysi shaharni atigi 40 nafar askari bilan zabt etgan?
a) Balx b) Termiz c) Qarshi
22. Amir Temur saroyidagi eng taniqli munajjim olim kim edi?
a) mavlono Ahmad b) Tojiddin as-Salmoniy c) mavlono Mansur al-Qog’oniy
23. Sohibqironning farzandi Jahongir Mirzo 1376-yilda vafot etgan vaqtda, qaysi shahzoda tug’ilgan?
a) Pirmuhammad Mirzo b) Muhammad Sulton c) Shohruh Mirzo
24. 1381-yilda Amir Temur Xurosonni qaysi suloladan tortib oldi?
a) Kurtlar b) Muzaffariylar c) Jaloyirlar
25. O’z vaqtida Amir Temur To’xtamishni qo’llab, qo’li ostidagi qaysi hududni unga boshqarishga beradi?
a) O’tror b) Sig’noq c) Taroz
Murojaat uchun telefon.
+99899-477-95-15
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish