14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga
Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 17.00 da 2-talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “El netib topqay menikim...” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni “O‘zbek adabiyotshunosli” kafedrasi mudiri O.Fayzullayeva o‘zining kirish so‘zi bilan boshladi. Keyingi so‘z navbati “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri J.Abdullayevga berildi. So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi, lirikasarlari, nasriy va ilmiy merosi haqida so‘z yuritishdi. Uning hayoti va ijodiy faoliyati yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi va uzoq yillar davomida tarbiya o‘chog‘i vazifasini o‘tab kelishini alohida ta’kidladilar.
Shundan so‘ng Filologiya fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokidagi tadbirning badiiy qismiga o‘tildi. Talabalar tomonidan Alisher Navoiy ruboiy va tuyuqlaridan namunalar aytildi. So‘ng Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni tarkibiga kiruvchi “Hayratul-abror” dostonidan Ibrohim Adham to‘g‘risidagi tasavvufiy talqinga ega sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Tadbirga Musiqa ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi G‘aybullayev Dostonbek tomonidan Navoiy g‘azali bilan aytilgan mumtoz kuy va qo‘shiq o‘zgacha ruh va joziba bag‘ishladi.
Shundan so‘ng talabalar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar aytildi. Tadbirdagi har bir chiqishlar uning ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida bu jihat talabalar tomonidan alohida e‘tirof etildi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish