Otamdan qolgan dalalar
2021-yil 4-fevral kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “5 tashabbus” doirasida ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talabalari, o‘qituvchilar tomonidan universitet Madaniyat saroyida O.Xo‘jayev nomli viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod qalamiga mansub “Otamdan qolgan dalalar” spektaklini namoyishi bo‘ldi. Spektakl davomida tomoshabinlarimiz mehr-oqibat, odamiylik, o‘zaro hurmat kabi insoniy fazilatlar hozirgi davrda qanchalik zarur ekanligini yana bir bor his qildilar. Talabalarimiz hohish-istaklariga ko‘ra 5-fevral kuni ham spektakllar namoyishi davom etiladigan bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
