Mahorat va kasbga yo'naltirish darslari o'tkazildi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 17-18-19 maktablarida Guliston davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Xazratqul Qlichevich Qarshibayev tomonidan maktab bitiruvchi o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazidi. Uchrashuvda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar  hamda ularga bo‘layotgan e‘tibor to‘g‘risida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maktab o‘qituvchilari, maktab rahbariyati hamda tuman XTB xodimlari  ishtirok etishdi. Ushbu darslarda bitiruvchi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va maktab o‘qituvchilari uchun mahorat darslari shaklda olib borildi. Uchrashuv savol-javob va qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. Uchrashuv yakunida maktab o‘qituvchilari uchun metodik ko‘maklashishga kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?