Professorlar Mehmet Emin Diken va Mehmet Faruk Aydin (Turkiya)
Balıkesir universiteti bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum doirasida mazkur universitetning Biologiya kafedrasi professori Mehmet Emin Diken hamda Mehmet Faruk Aydin Guliston davlat universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
To’y to’yga ulandi deganlaridek, Biologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Biologiya oyligi” ko’rgazmasida mehmonlar ishtirok etishdi. Shu bilan birga tashrif davomida universitet biologiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda biologiya yo‘nalishi talabalari bilan mazmunli uchrashuvlar tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy yondashuvlar va nufuzli ilmiy nashrlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va talabalarning xalqaro ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



