"Xalqaro qushlar kuni"ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2026-yil 11-aprel kuni Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti  Biologiya kafedrasida “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada o'tkazildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ularni qushlarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Tadbir davomida talabalar tomonidan qushlarning biologik xilma-xillikdagi o‘rnini ta’minlashdagi ahamiyati hamda ularni muhofaza qilish zarurati yuzasidan mazmunli ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari va viktorinalar orqali mavzu yanada keng yoritildi.

Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir yakunida talabalar "Eng yahshi devoriy gazeta", "Eng yahshi ko'rgazma", "Eng yahshi taqdimot" nominatsiyalari bo'yicha rag‘batlantirildi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, ekologik ong va madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatlidir!


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?