Sog‘liqni saqlash tizimi rahbari va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi (video)

17-aprel kuni "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasida Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari bilan viloyat sog‘liqni saqlash tizimi rahbariyati o‘rtasida ochiq va samarali uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Vohid Xudoyqulov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, amaliyot jarayonlarini takomillashtirish, tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, amaliy mashg‘ulotlarni real klinik sharoitlarda o‘tkazish, tajribali shifokorlar bilan mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar ko‘tarildi.

Bildirilgan barcha fikr va takliflar boshqarma boshlig‘i tomonidan katta e’tibor va samimiyat bilan qabul qilinib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga shu joyning o‘zida aniq topshiriqlar berildi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?