Guliston davlat universitetida Erasmus+ haftaligi doirasida xalqaro axborot-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 4-may kuni Erasmus+ haftaligi doirasida Guliston davlat universiteti mezbonligida Erasmus+ axborot-metodologik seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirda Guliston davlat universiteti bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatidagi OTMlar kafedralaridan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va erkin tinglovchilardan iborat keng auditoriya ishtirok etdi.
Seminar jarayoni qizg‘in va samarali muhokamalar ruhida o‘tdi. Tadbir davomida Innovatsion texnologiyalar universiteti prorektori, professor Jahongir Gafurov hamda Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejerlari Maxmudjon O'tkurov va Bonu Abdusalomova tomonidan loyiha doirasidagi muhim ma’lumotlar va amaliy jihatlar taqdim etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan turli savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文

