Rektor kubogi: akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi doirasida Guliston davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

 

        23-fevral kuni start olgan saralash o‘yinlarida jami 12ta jamoa aylanma tizimida uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Final bosqichiga 208 va 209 guruh o‘quvchilari yetib kelishdi. Qizg‘in o‘tgan bahsda 208 guruh o‘quvchilari 9-6 hisobida g‘alaba qozonishdi.

G‘olib futbolchilarni Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyev tabrikladi. G‘oliblar Rektor kubogi, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?