“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan universitet Ma’naviyat markazida talaba-qizlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o’yini oʼtkazildi.
“Zakovat” intellektual o’yini iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi talaba-qizlar oʼrtasida bilim olishga boʼlgan intilishni shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini ragʼbatlantirish maqsadida tashkil etilgan bo’lib barcha talaba-qizlarda birdek qiziqish uyg’ota oldi.
Tadbirda sakkizta fakul’tet jamoalari ishtirok etgan bo’lib Filologiya fakulteti 1-o’rin, Tabiy fanlar fakulteti 2-o’rin, Ijtimoiy-iqtisod fakulteti jamoalari esa 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. G’olib jamoalar hamda faol ishtirokchi talaba-qizlar universitet rektori Faxriy yorlig’i va universitet Kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg’alar va kitoblar bilan taqdirlandilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
