Besh tashabbus amalda: sport musobaqalari davom etmoqda
Guliston davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” fakulteti “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Besh tashabbus” doirasida sportning mini-futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.
“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo’nalishi talabalari o’z guruh murabbiylari boshchiligida musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rishdi.
Qur’aga ko’ra saralash o’yinlari quyidagi guruh jamoalari o’rtasida 2 guruhda o’tkazildi:
A guruhda
10-18
11-18
110-19
7-20
B guruhda
9-18
7-19
8-19
71-18
A guruhda 1-o’rinni 10-18 guruh, 2-o’rinni 11-18 guruh egalladi.
B guruhda 1-o’rinni 9-18 guruh, 2-o’rinni 7-19 guruh egalladi.
½ final o’yinida 10-18 va 7-19 guruhlar, 9-18 va 11-18 guruhlar jamoalari o’zaro omadlarini sinab ko’rishdi.
3-orin uchun bahsda 9-18 guruh jamoasi g’alaba qozondi.
Final musobaqasi murosasiz kurashlarga boy bo’ldi. 11-18 va 10-18 guruhlar jamoalari bellashgan hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtida g’olib aniqlanmadi. Musobaqa reglamentiga muvofiq g’olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi. Natijada 11-18 guruh jamoasi chempionlikni qo’lga kiritdi. 10-18 guruhi jamoasi 2-o’rinni egalladi.
Barcha sovrindor va g’oliblar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
B.B.Ergashev
Axborot texnologiyalari fakulteti sport sektori mudiri
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
