Besh tashabbus amalda: sport musobaqalari davom etmoqda

Guliston davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” fakulteti “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Besh tashabbus” doirasida sportning mini-futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

“Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo’nalishi talabalari o’z guruh murabbiylari boshchiligida  musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rishdi.

Qur’aga ko’ra saralash o’yinlari quyidagi guruh jamoalari o’rtasida 2 guruhda o’tkazildi:

 

A guruhda

10-18

11-18

110-19

7-20

 

            B guruhda

9-18

7-19

8-19

71-18

 

            A guruhda 1-o’rinni 10-18 guruh, 2-o’rinni 11-18 guruh egalladi.

            B guruhda 1-o’rinni 9-18 guruh, 2-o’rinni 7-19 guruh egalladi.

 

            ½ final o’yinida 10-18 va 7-19 guruhlar, 9-18 va 11-18 guruhlar jamoalari o’zaro omadlarini sinab ko’rishdi.

 

3-orin uchun bahsda 9-18 guruh jamoasi g’alaba qozondi.

Final musobaqasi murosasiz kurashlarga boy bo’ldi. 11-18 va 10-18 guruhlar jamoalari bellashgan hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtida g’olib aniqlanmadi. Musobaqa reglamentiga muvofiq g’olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi. Natijada 11-18 guruh jamoasi chempionlikni qo’lga kiritdi. 10-18 guruhi jamoasi 2-o’rinni egalladi.

Barcha sovrindor va g’oliblar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

 

B.B.Ergashev

Axborot texnologiyalari fakulteti sport sektori mudiri

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?