Hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2021-yil 31-mart kuni Mirzaobod tumani hokimligi va Guliston davlat universiteti hamkorlikda Guliston davlat universitetining Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “Iqtisodiyot”, “Menejment” va “Kasb ta’limi: iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan “Hokim va yoshlar” ucharshuvini tashkil etishdi. Uchrashuvda Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Muzaffarovich Yariyev ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning “Besh tashabbus” doirasidagi intilishlarini rag‘batlantirish, talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.
Dastlab faol talabalarning innovatsion g‘oyalari namoyishi o‘tkazildi. Tadbirning ikkinchi qismida bir guruh innovator professor-o‘qituvchilar va talabalarga Mirzaobod tumani hokimligi va Guliston davlat universitetining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
