“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tadbirlarida san’atshunoslar
Guliston davlat universitetining San’atshunoslik fakulteti jamoasi Sayxunobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlariga “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili ostidagi tadbirlarga mas’ul etib biriktirilgan.
Fakultetning Musiqiy ta’lim hamda Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professor-o’qituvchilaridan iborat jamoa fakultet dekani boshchiligida tumandagi mahallalarda “Yoshlar daftari” bilan ishlash bo’yicha ishlarni olib borishmoqda.
Dolzarb masala sifatida yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kitobxonlik hamda sport sohalarga qaratilgan to’garaklar faoliyatini tashkil etish va jonlantirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
