Oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha takliflar
Oliy ta’lim tizimini ilmiy tadqiqotlarga asoslangan strategiyasini ishlab chiqishimiz maqsadga muvofiq. Buning uchun OTM bazasida ta’lim tizimi bilan kuchli simbiotik aloqada bo‘lgan ilmiy laboratoriya yoki ilmiy markazlarni bosqichma-bosqich shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tayyorlanadigan kadrlar ertangi kunda ijtimoiy hayotda, ishlab chiqarish jarayonida va umuman barcha tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoni tezkorlik bilan yechimi yo‘llarini topish dunyoqarashiga ega bo‘lishi kerak. Kelajakda erishadigan yutuqlarimiz kuchli kadrlar tayyorlash tizimini yaratishimiz bilan bog‘liq. Buning uchun OTMni strategik rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishiga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
Oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida kuchli simbiotik hamkorlik, ya’ni amaliyot/ishlab chiqarish orqali bilim olishga e’tibor berish. Ya’ni bunda OTM auditoriyasida faqat ma’ruza va o‘quv laboratoiyasi, amaliy mashg‘ulot, ishlab chiqarish amaliyoti ishlab chiqarish bazasida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Bunda kafedra yoki kafedra filialini aynan ishlab chiqarish bazasida tashkil etilishi bo’lajak mutaxassislarning kafolatli bilim olishlariga imkon yaratilishi bilan birga ishlab chiqarish bazasida mavjud muammolarni hal qilish yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida innovatsion "o‘quv-ilmiy kompleks" tashkil etilishiga muhim asos bo ladi.
Professor H.H.Qo‘shiyev
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
