Bolajonlar bayramiga munosib tuhfa
1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni’’ munosabati Guliston davlat universiteti jamoasi Guliston shahrida joylashgan ’’Buyuk kelajak’’ mahalla aholisi uchun bayram dasturi tashkil etdi. Bayram dasturini Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani Zikriyayev Zokir va Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti dekani To‘raqulov Mamarayim kirish so‘zi ochib berishdi. Shundan so‘ng, universitet yoshlar yetakchisi Zikriyayev Faxriddin bolajonlar bilan ko‘ngilochar o‘yinlar o‘ynab, bayram sovg‘alarini topshirdi. Universitetning iste’dodli yoshlari tomonidan kuylangan kuy qo‘shiqlar bolajonlarga yanada ko‘tarinki bayram kayfiyatini ulashdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
