Malaka oshirish kursining navbatdagi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

🔰 Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, muntazam tarzda har oy o‘tkazib kelinmoqda.

 

📌 Navbatdagi malaka oshirish kursi Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etildi.

 

📆 Malaka oshirish kursi 27-maydan 2-iyunga qadar har kuni o‘tkazildi.

 

✅ Unda 29 nafar talabgor ishtirok etib, malaka sertifikatiga ega bo‘ldilar.

 

👨🏻‍💻 Ma’lumot uchun, navbatdagi malaka oshirish kursiga talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?