Guliston davlat universiteti talabasi “Tokio 2020” olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibdi
Sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha Italiyaning Vareza shahrida o‘tkazilgan Xalqaro “Regata” musobaqasida Sirdaryo viloyati sportchilari Qo‘chqorov Otabek hamda Bo‘riboyeva Feruzalar ikki kishilik eshkak eshish (miks) yo‘nalishida 8.45.39 vaqt ko‘rsatkichi bilan kumush medal sohiblari bo‘lishdi.
Mazkur nufuzli sport musobaqasida 30 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar Tokio Olimpiyadasi yo‘lanmasi uchun ham bellashishdi. Ushbu musobaqa reyting natijalari shu oy yakunida e’lon qilinadi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha viloyatimiz terma jamoasi murabbiylari F.Xamraqulov, B.Atamurodovlarning ma’lumot berishlaricha sportchilarimiz Qo‘chqorov Otabek hamda Bo‘riboyeva Feruzalarni Tokio Olimpiyadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish ehtimoli yuqori.
E’tiborli jihati Qo‘chqorov Otabek Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasidir.
Mazkur musobaqa bo‘yicha yakuniy xulosa joriy yilning 26-iyun sanasiga qadar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Guliston davlat universiteti rahbariyati sportchi-talabaga kelgusi musobaqalarda zafarlar tilaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
