14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Jumladan, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 117 taga yetdi, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshdi. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 baravarga oshirildi.
Lekin sifat borasida o‘zgarishlar hali sezilmayapti. Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv ishlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish masalasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, rektorlarning e’tiboridan chetda qolib ketmoqda.
Masalan, bugungi kundagi 815 ta yo‘nalishning 55 foizi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Oliy ta’lim muassasalari 2 mingga yaqin fanlar bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlanmagan, o‘quv dasturlari bundan 40 yil oldingi fan va yo‘nalishlar asosida tuzilgan. Bundan tashqari, tizimda korrupsiya holatlari juda ko‘p.
Umuman, o‘tkazilgan so‘rovlarda aholining 65 foizi oliy ta’limdagi islohotlar natijasi sezilmayotganini aytgan.
Shu bois, yig‘ilishda davlatimiz rahbari sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tdi:
Birinchisi – oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.
Ikkinchisi – o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish.
Uchinchisi – oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.
To‘rtinchisi – professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
Bu vazifalarni samarali bajarish uchun oliy ta’lim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilishi ta’kidlandi.
Ya’ni, bundan buyon, o‘quv rejasi va adabiyotlar, fan dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hamda ta’lim shakllarini belgilashni oliygoh boshqaruv kengashining o‘zi hal qiladi. Endi har bir kafedraning faoliyati uning ilmiy salohiyati va yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi.
Buning uchun nufuzli xorijiy nashrlarda muntazam maqolalar chiqarib kelayotgan, shuningdek, shogirdlari ilmiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli himoya qilgan ilmiy rahbarlarga 5 tagacha doktorant va 3 tagacha mustaqil izlanuvchi olish huquqi beriladi. Shuningdek, har bir kafedraning bir nafardan yosh olimini xorijga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
Oliy ta’lim muassasalari rektorlariga kafedralar huzurida ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etib, ularni o‘quv-laboratoriya jihozlari va zarur texnika bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Har bir kafedraning tarmoq korxonalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarning korxonalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari bilan zamonaviy ehtiyojlar o‘rtasida uzilish juda katta ekani tanqid qilindi. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasida 40 mingta, sanoatda 38 mingta, qurilishda 12 mingta, qishloq xo‘jaligida 10 mingta, aloqa va axborot texnologiyalarida 4 mingta oliy ma’lumot talab etadigan bo‘sh ish o‘rinlari bor. Lekin bitiruvchilar son jihatidan ham, malaka bo‘yicha ham bu talabni qondira olmaydi.
Ta’lim jarayoni 2001-yilda tasdiqlangan standartlar asosida olib borilmoqda. Lekin, shu davrda Ta’limning xalqaro standartlari 2 marta yangidan qabul qilingan. Ayrim o‘quv darslari zamon va bozor talabiga emas, balki professor-o‘qituvchilarga moslashgan. Talabalar o‘z yo‘nalishiga daxldor bo‘lmagan fanlar bilan ham shug‘ullanmoqda.
Shu bois, mutasaddilarga davlat ta’lim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi. O‘qitilayotgan fanlarni mazmunan qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha takrorlanishlarni qisqartirish, bo‘shagan dars soatlari o‘rniga mutaxassislik fanlarni ko‘paytirish hamda talabalarga mustaqil ilmiy izlanish uchun imkoniyat yaratish kerakligi ta’kidlandi. Oliy ma’lumot talab qiladigan kasblarni optimallashtirib, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur yangi kasblar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, xalqaro tajribada ilmiy salohiyat 70 foizdan kam bo‘lsa, bunday universitet nufuzli hisoblanmaydi. Yurtimizda bu ko‘rsatkich juda past. Misol uchun, 24 ta oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati 25 foizga ham bormaydi, 19 tasida birorta professor va fan doktori yo‘q. So‘nggi 30 yilda atigi 208 nafar professor-o‘qituvchi xorijda ilmiy daraja olgan.
Shu bois, Prezidentimiz kelgusi yildan doktoranturaga kvotalar sonini 2 baravar ko‘paytirish, keyingi yillardan har yili 50 foizga oshirib borishga ko‘rsatma berdi.
Buning uchun har yili byudjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Bundan tashqari, har bir tarmoq o‘z sohasiga tegishli oliygohlarga doktorantlar kvotalari uchun yana 10 milliard so‘mdan ajratadi.
Xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish, oliy ta’lim muassasalari fondidagi 4 millionga yaqin adabiyotlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Barcha kutubxonalarni yagona tizimga ulab, talaba va tadqiqotchilar uchun tunu kun foydalanish imkoniyatini yaratish, plagiatni bartaraf etadigan axborot dasturlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Oliy ta’lim muassasalarida byurokratiya va korrupsiya xavfi ko‘pligi, bunga chek qo‘yish uchun o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Tizimdagi eng muhim vazifalardan biri – qabul jarayoni. Bu yil oliy ta’limga qabul kvotasi soni o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 mingga yetkazilmoqda. 1 million 500 ming nafardan ziyod yoshlar hujjat topshirishi kutilmoqda. Yig‘ilishda ushbu jarayonni karantin va xavfsizlik talablarini ta’minlagan holda, yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yotoqxona o‘rinlari sonini oshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda talabalar uchun qo‘shimcha 149 mingta turar joyga ehtiyoj mavjud. Yotoqxonalarni tadbirkorlar bilan xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasasi hududidan yoki unga yaqin joydan auksion orqali yer ajratilishi belgilandi. Bu binolarning birinchi va ikkinchi qavati biznes uchun tadbirkorlarga berilib, yuqori qavatlari arzon turar joy bo‘ladi. Talabalarga bu boradagi xarajatlarning 50 foizi byudjetdan qoplab beriladi.
Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ta’lim yo‘nalishlari va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, oliy o‘quv yurtlari boshqaruviga malakali kadrlarni jamlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish