QABUL 2021: MAGISTRATURAGA RO‘YXATDAN O‘TGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
⚡️ Guliston davlat universitetining magistraturasiga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar diqqatiga!
🔰 2021/2022 o‘quv yilida Guliston davlat universitetida magistratura bosqichi bo‘yicha mutaxassislik fanlardan kirish imtihonlari sanasi tasdiqlandi.
❗️ Abituriyentlar https://magistr.edu.uz/ sayti orqali shaxsiy kabinetlaridan "Abituriyentning qayd varaqasi-Ariza"ni elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga pasport bilan birga olib kelishlari kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
