14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
2021-yilning 20-avgust kuni Yangi O’zbekiston tarixida yangi sahifa yaratildi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bunday shakldagi uchrashuv ilk bor o‘tkazildi va unda jami o‘n mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.
Bu tarixiy uchrashuv haqida davlatimiz rahbari quyidagicha fikr bildirdilar: “Bugun ilk bor mutlaqo yangicha formatda – ochiq muloqot shaklida sizlar bilan yuzma-yuz uchrashib, biznes sohasidagi muammo va masalalar haqida batafsil gaplashib olishga qaror qildik.”
Bunday oliy darajadagi uchrashuv nima sababdan tashkil etildi, bunga qanday zarurat va ehtiyoj bor ediki, shaxsan davlat rahbari ishtirokida tadbirkorlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari bilan uchrashib, sohaga oid masalalar yuzasidan bu kabi muloqot tashkil etildi? Sir emaski, 2020-yilning dastlabki kunlarida Xitoyda qayd etilgan Koronavirus infektsiyasi butun dunyoda pandemiya darajasiga chiqib, deyarli barcha davlatlarning nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy taraqqiyotiga ham katta zarba berdi. Barcha xalqaro moliya institutlari bu haqda bir yildan beri jar solmoqda. Bir qator yetakchi davlatlar o‘z iqtisodiyotlarini ushlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib turgan bir paytda O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga erishilayotgani tarixiy haqiqatdir.
Bunday natijalarga erishish esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bugun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. So‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin Qonun, Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha ko‘plab cheklovlarga barham berildi. Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi subektlar keskin ko‘payib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ko‘p ishbilarmonlar o‘z biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish o‘rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi. Davlatimiz rahbari ana shunday azmu shijoatli va fidoyi tadbirkorlarning ayrimlarini tilga olib, xalqimizga madadkor bo‘layotgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lumki, mazkur ochiq muloqot oldidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar so‘ralgan edi. Turli masalalarga oid 15 mingdan ortiq murojaatlar bo‘ldi. Prezidentimiz o‘z nutqida ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi. Birinchi yo‘nalish – biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi – soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi – yer ajratish, to‘rtinchisi – infratuzilma, beshinchisi – eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, oltinchisi – transport-logistika, yettinchisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga qaratildi.
Davlatimiz rahbari har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb vazifalarni ko‘rsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Muloqotda tadbirkorlar so‘zga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.
Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20 avgustni mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Bu takliflar keng qo‘llab-quvvatlandi.
Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev
Guliston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor,
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish