Guliston davlat universitetiga xorijiy mutaxassisning tashrifi
Joriy yil 11 aprel kuni rejaga binoan soat 09-00 da universitetga Kiprlik xalqaro ekspert (GIZ) Costas Gregorioa va mintaqaviy ekspert (local expert) Umid Sayfuddinovlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet rektori M.T. Xodjiev kutib oldi. 09-30 da universitet bosh binosining majlislar zalida “Anorni tijoriy navlarni yetishtirish” mavzusi bo’yicha taqdimot asosida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Tabiy fanlar professori. X.Kushiev, ilmiy ishlar prorektori A.Sulaymanov, xalqaro aloqalar bo’limi, universitetdan 20 nafar (professor-o’qituvchilar, doktorant-tadqiqotchilar, laboratoriya xodimlari va talabalar), viloyatning 25 nafar fermer xo’jaliklari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
Costas Gregorioa Anorni tijoriy navlarni etishtirish to’g’risida taqdimot qilib berdi. Xususan, taqdimot davomida beshta asosiy sohalar: Yangi anorzorlar rejasini tuzish va ularni barpo etish,bog’ uchun er tanlash,anor ko’chatlarini ekish sxemasi,sug’arish suviga bo’lgan talablar, laboratoriya jixozlarida o’rganish, eksperimental biologiya laboratoriyasi, laboratoriya uskunalari yordamida anor ko’chatlarini tuproqda analizlarini o’tkazish, ijtimoiy ish haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, ikkinchi ma’ruzachi local expert Umid Sayfiddinov tomonidan Sirdaryo Kimyo laboratoriyalarida olib borilgan tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berildi.
Universitetga tashrif buyurgan mehmonlar shu kuni soat 17-00 da tadbirni yakunlashdi.
Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i
A.Shaimkulov
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
