Xushxabar!
Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti “Matematika” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Ibroximova Gulchehraxon Isroil qizi14-16.10.2021 kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan sportning “Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish” turi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Malumot o‘rinda shuni qayd etish joizki, Ibroximava Gulchehraxon Isroil qizi sportning “Og‘ir atletika” turi bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston, 1 karra Osiyo va 1 karra Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Universitet rektorati G.Ibroximovaning kelgusi faoliyatida muvafaqqiyatlar tilaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
