Xalqaro seminar-trening
2021 – yil 11-noyabr kuni rus tili va adabiyoti kafedrasida «Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish: uslubiy va lingvistik jihatlar» mavzusi yuzasidan xalqaro seminar-trening bo’lib o’tdi. VyatDU moderatorlari, pedagogika fanlari doktori, professor, jurnalistika va integratsiyalashgan kommunikatsiyalar kafedrasi mudiri Yelena Vasilevna Diner va rus tili, nutq madaniyati va o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, Yelena Olegovna Galitskix ishtirok etdilar. “O‘qituvchining lingvistik va kommunikativ madaniyati” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Kafedraning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Qo‘shiyev H.X., ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Sulaymonov A.N., kafedra mudiri Uzoqov A.X., bilan birgalikda kafedraning professor-o‘qituvchilari shuningdek, iqtidorli talabalar, I-II- kurs magistrantlari, Guliston shahar 16-maktab o‘qituvchilari va GulDU qoshidagi 1-son akademik litsey o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
