🏆 "HUDUDIY KUBOK EGALARI KUBOGI" BUXORO-2021. CHORAK FINAL.
Xabaringiz bor, Buxoro shahrida "Hududiy kubok egalari kubogi" - 2021 bahslari o'tkazilmoqda.
18-noyabr kuni musobaqaning chorak final bellashuvlari boshlanadi. Unda Sirdaryo viloyati kubogi sohibi Guliston davlat universitetiuning "Universitet" jamoasi o'z uchrashuvini o'tkazadi.
Bu gal sirdaryolik futbolchilar Samarqand viloyatining "Nurafshon" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 11:00da boshlanadi.
Shu o'rinda eslatib o'tamiz, Guliston davlat universitetining "Universitet" jamoasi musobaqa bahslarini "B" guruhida boshlangan hamda bir g'alaba va bir durang natija qayd etgan holda keyingi bosqichga yo'llanma olgan edi.
"Nurafshon" esa "D" guruhida 2ta uchrashuvda ham durang o'ynagan holda chorak finalga yo'llanma oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
