Milliy bayrog‘imiz 30 yoshda!
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Milliy bayrog‘imiz 30 yoshda!” shiori ostida ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Vatanimiz bayrog‘ining ma’naviyati, mazmun-mohiyati, uning tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor F.Niyazov, Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Alibekov, Milliy gvardiya zobitlari va bir qator tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlar tabrik so‘zlarini bildirib o‘tishdi.
Uchrashuvning ikkichi qismida San’atshunoslik fakulteti ijodkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
