14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistr
26
Xorijiy talabalar
2021-yilning 23-noyabr kuni Guliston davlat universitetining “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazi xodimlari uchun yangi joriy etilayotgan yangi tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarning hududiy birinchi bosqichi o‘z ishini boshladi.
Vazirlik va idoralarning vakillari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutining professor-o‘qituvchilaridan iborat 20ta respublika trenerlari 23-27-noyabr kunlari Sirdaryo viloyatining 148ta hududiy trenerlari va mahallabay ishlash markazining 47ta xodimlariga seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishadi.
Ushbu seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi, Aksiyadorlik tijorat xalq banki, “Mikrokreditbank” asiyadorlik tijorat banki, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari ishtirok etishmoqda.
Mazkur seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Sirdaryo viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.R.Karimov rahbarligida Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyev o‘rinbosarligida hududiy shtab tashkil etilgan.
23-noyabr kuni Seminar treninglarning rasmiy ochilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori X.Azizov, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Karimov va universitet rektori M.Xodjiyevlar nutq so‘zlashdi.
Seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tegishli sharoitlar yaratilgan.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish