14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi hamda Yangiyer Pedagogika kolleji bilan hamkorlikda 2021-yil 1–mart kuni «Yangi O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga ko’tarish: soha muammo va yechimlari» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar – treningda Guliston davlat universitetining Pedagogika fakulteti dekani p.f.n., dotsent J.K.Komilov so‘zga chiqib so‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratilganligi, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi ettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining IV-bobida keltirilgan Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan 38-maqsad: Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga etkazish hamda 39-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish haqida fikr yuritdi.
Seminar – trening davomida universitetning “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari p.f.n., dotsent A.Bolibekovning “Maktabgacha ta’limdagi yangi islohatlar”, M.M.Fayziyevaning “Dars mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning imkonyatlaridan foydalanish”, M.A.Raimqulovaning “Intellektual o‘yinlari va ularning yoshlar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.
Seminar-trening universitet professor-o’qituvchilari hamda pedagogika kolleji o’quvchilari bilan ochiq-muloqot shaklida davom ettirilib, kelgusidagi rejalar haqida fikr yuritildi.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish