“O‘zimizga bo‘lgan ishonch va biz nimalarga loyiq ekanligimiz haqida...”
25.02.2022 da Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakul’teti Xotin-qizlar masalalari boyicha dekan maslaxatchisi B.Sultonova boshchiligida “O’zimizga bo’lgan ishonch va biz nimalarga loyiq ekanligimiz haqida...” mavzusida seminar trening bo’lib o’tdi. Tadbirda Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi, Xotin-qizlar kengashi raisi N.Sultonova, Universitet psixologi K.Xamroqulova, faku’ltet professor-o’qituvchilari va 82 nafar talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda universitet Xotin-qizlar kengashi raisi N.Sultonova so’zga chiqib, qizlarni ruxlantirish va hayotga bo’lgan ishonchini oshirish uchun fikr mulohazalarini bildirib o’tdi. O’zimizga bo’lgan ishonch yaqin atrofdagi odamlarning munosabatlariga bog’liq ekanligi ko’pincha, bu odamlarning o’zlari o’ziga ishonmasliklari natijasida yuzaga kelishi, ularning o’zlari hayotlarini behuda o’tkazib orzularini ro’yobga chiqara olmasliklari yoki bunga loyiq ekanliklariga ishonmasliklari haqida gapirib o’tdi.
Universitet psixologi K.Xamroqulova so’zga chiqib, talaba qizlarga vaktdan unumli foydalanishlari, reja asosida yashashga xarakat qilishlari kerakligi bu ularni katta-katta maqsadlariga erishishlaridagi eng to’g’ri yo’l ekanligi to’g’risida aytib o’tdi.
Tadbirda fakultet “Qizlar klubi” faoliyatini yorituvchi klub a’zolarining chiqishlari yig’ilganlarda katta ta’surot uyg’otdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
