“Zakovat” festivali davom etmoqda
Guliston davlat universitetida Zakovat festivalining ikki bosqichi, guruh va chorak final bosqichlari boʻlib oʻtdi. Umumiy hisobda 100 ga yaqin jamoalar ishtirok etishdi. Shu jamoalardan faqatgina eng bilimdon, kuchli 25 ta jamoa yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Festivalimizda ishtirok etgan barcha jamoa aʼzolariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan jamoalarga keyingi bosqichda omad tilab qolamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
