Guliston davlat universitetida professor-o‘qituvchilar, hodimlari va talaba-yoshlari orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida forum o‘tkazildi
Joriy yilning 6-may kuni Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, hodimlari va talaba-yoshlari orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida forum o‘tkazildi. Forumga universitet darvozasi oldidan boshlangan marafon start berdi. Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazi hovlisida forumning ochilish marosimi o‘tkazildi. Marosimda so‘z olgan universitet rektori, professor Xodjiyev Muksin Tadjiyevich ishtirokchilarga forumning maqsadi, ushbu forumdan ko‘zlangan natijalar haqida tushunchalar berib o‘tdi. Undan so‘ng, Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i Xamzayev Bahodir Abdukarimovich so‘z oldi va korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda yoshlar kelajagiga ta’siri yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o‘tdi. Marosimdan so‘ng, forum doirasida tashkil etilgan “Yuridik maslahat bekati”, “Psixologik maslahat bekati”, “Guliston davlat universiteti “Korrupsiyadan holi hudud” foto bekati”lari aylanildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislaridan javob olishdi. Forum kun davomida o‘tkazilishi va hafta mobaynida har bir fakultet kesimida o‘tkazilishi kelishib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
