Sirdaryoda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha samarali tizim shakllanmoqda
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari
ijrosini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruh tomonidan Sirdaryo
viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida Guliston davlat universiteti, Guliston davlat
pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer
filiali tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuqori baholanib,
Sirdaryoda yoshlar bilan ishlash bo‘yihca samarali tizim shakllanayotganligi
qayd etildi.
Xususan,
talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish,
ichki tartib-intizomni mustahkamlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish
borasida “Qalqon” jamoatchilik guruhining faoliyati alohida e’tirof etildi.
Ushbu guruh nafaqat profilaktik tadbirlarni tashkil etish, balki yoshlar bilan
individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishda ham muhim
o‘rin tutmoqda.
Bugun Guliston davlat universitetida ushbu
yo‘nalishda erishilgan natijalarni e’tirof etish maqsadida tantanali taqdirlash
marosimi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev, Ichki ishlar vazirining birinchi
o‘rinbosari Botir Qudratxo‘jayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
o‘rinbosari Uktam Salomov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O.Mavlonberdiyev,
viloyat prokurori Savid Imatov hamda tegishli tashkilot va OTMlar rahbarlari
ishtirok etishi.
Marosim davomida erishilgan yutuqlar munosib
rag‘batlantirildi. Jumladan, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev
hamda uch oliy ta’lim muassasasining “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari
Bosh prokuratura tomonidan maxsus sovg‘a – elektro skuterlar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimining tashakkurnomalari ham topshirildi.
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib
qilgani uchun Guliston davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Y.Hayitboyev 10
million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Bundan tashqari, Baxriddin
Valiyev tomonidan universitetning Axborot-resurs markaziga qimmatli kitoblar
to‘plami sovg‘a qilindi. Bu esa talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish va
mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlar bilan
ishlash masalasi bugungi kunda davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan
biri ekanini alohida ta’kidlashdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
ularni turli yot g‘oyalar va salbiy illatlardan himoya qilish, zamonaviy bilim
va ko‘nikmalar bilan qurollantirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Ayniqsa,
Respublika Ishchi guruh raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev tomonidan Guliston davlat universiteti Axborot-resurs
markazida yushmagan yoshlarni kitobxonlikka, o‘qishga, bilimga jalb
qilinganligini yanglik deb e’tirof etgan holda yuqori baholadi.
Guliston davlat universiteti rektori M. Xodjiyev o‘z nutqida ishchi guruhga minnatdorchilik bildirib, Sirdaryo yoshlari kelajakda Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lib yetishishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini, bu yo‘lda universitet jamoasi bor kuch va salohiyatini safarbar etishini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文

