Respublika ilmiy konferensiya ish boshladi
2022-yilning 20-may kuni Guliston davlat universitetida “Falsafaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Konferensiya 2022-yilning 20-21-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ilmiy anjumanning rasmiy ochilish marosimini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Zikriyayev olib bordi. Anjuman ochilishida faylasuf olimlar chiqish qilishdi.
Anjuman tegishli sho‘balar kesimida o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
