DIQQAT TANLOV !
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 29-apreldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 6-98-“s”-sonli qaroriga asosan talabalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” onlayn tanlovi o‘tkaziladi.
Test sinovi savollari http://tanlov.kasaba.uz/ saytiga joylashtiriladi va ishtirokchilar tomonidan onlayn tarzda javob beriladi.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich saralash bosqichi;
2-bosqich respublika bosqichi.
Saralash bosqichi 2022-yil 24-maydan 31-maygacha o‘tkaziladi.
Tanlovning barcha bosqichlarida ishtirokchilarning quyidagi yo‘nalishlardagi bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.
-O‘zbekiston Respublikasida mehnat qilish huquqi;
-Yoshlarning mehnat huquqi kafolatlari;
-Kasaba uyushmalari faoliyati kafolatlari va ularga a’zolikning afzalliklari;
-Xalqaro mehnat standartlari.
Bu siz uchun zo‘r imkoniyat, o‘z imkoniyatingizni nomoyon qiling.
Tanlov g‘oliblarini Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovrinlar kutmoqda.
Barcha talaba yoshlarni tanlovda
faol ishtirok etishga chorlaymiz
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
