Qozon federal universitetida seminar
Avval xabar berganimizdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Qozon federal universitetida tashkillashtirilgan malaka oshirish kurslarida Guliston davlat unversitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorekroti Z.M.Zikriyayev ishtirok etmoqda. Malaka oshirishning buguni kun tartibida Z.M.Zikriyayev tomonidan “Повышение уровня трудовой мобильности молодежи на рынке труда” mavzusida seminar o’tkazildi. Shu bilan birga, Z.Zikriyayev bugun “Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti"da bo‘ldi. Institut direktori M.A.Kalemullin va talaba-yoshlar bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Shu yerda talaba-yoshlar uchun master klass tashkil etildi. Qozon federal universitetida malaka oshirish kurslari 15 kun davom etishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
