Samarqandga tashrif
Yurtimizda tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, azim shaharlar-u, so’lim maskanlar juda ko’p. Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani sababli bu maskanlar yanada chiroy ochib yurtimiz ahli va chet ellik sayyohlarni o’ziga chorlamoqda. Guliston davlat universiteti talabalar ham muqaddas qadamjolar va aziz-avliyolarni ziyorat qilish, mustaqillik yillarida bunyod etilayotgan inshoatlarni ko’rish maqsadida “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” shiori ostida qadimiy Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi. Sayohat davomida talabalar “Imom Buxoriy” ziyoratgohi, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi, “Go’ri Amir” maqbarasi, Registon maydoni va boshqa ziyoratgohlar hamda yangi tashkil etilgan hiyobonlarni tomosha qilishib madaniy hordiq chiqarishdi, .
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
