14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Barqaror rivojlanish maqsadlarining ikkinchi maqsadi “Ochlikka barham berish, ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish” (keyingi o‘rinlarda SDG 2 deb yuritiladi) deb nomlanadi. SDG 2 oziq-ovqat xavfsizligi, ovqatlanish, qishloqni oʻzgartirish va barqaror qishloq xoʻjaligi oʻrtasidagi murakkab oʻzaro bogʻliqlikni taminlaydi.
SDG 2 quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi:
2.1. 2030 yilgacha zarur hajmda ovqatlanishning yuqori sifati va balanslashganligini ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, go‘daklar bilan bir qatorda, ijtimoiy zaif kishilarning hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan yilbo‘yi erkin foydalanishlariga erishish.
2.2. 2030 yilgacha to‘yib ovqat yemaslikning barcha shakllariga barham berish, jumladan, 2025 yilgacha besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sishi va vaznidagi kechikishga qarshi kurashishga oid xalqaro darajada kelishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda o‘smir qizlar, homilador va emizuvchi xotin-qizlar, keksa odamlarning ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.
2.3. 2030 yilgacha qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha samaradorligini hamda qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat yetishtiruvchilarining daromadini chorak marta oshirish.
2.4. 2030 yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimlari yaratilishini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish imkonini beradigan qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini joriy qilish.
2.5. Urug‘ va madaniylashtirilgan ekinlarning, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlarining hamda ularning tegishli yovvoyi turlarining genetik rang-barangligi saqlanishini, jumladan urug‘ va ekinlarning turli-tuman zaxiralarini tegishli tarzda saqlash orqali, ta’minlash.
2.a. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi salohiyatni mustahkamlash maqsadida qishloq infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va agrotashviqot, texnologiyalarni rivojlantirish hamda o‘simlik va hayvonlarning genetik zaxiralarini yaratishga sarmoya kiritilishini, jumladan, xalqaro hamkorlikni faollashtirish yo‘li bilan, ko‘paytirish.
2.b. Rivojlanish masalalari bo‘yicha muzokaralarning Doxa raundi mandatiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozorlarida savdo cheklovlari kiritilishi va xatolar yuzaga kelishini bartaraf etish hamda bunga yo‘l qo‘ymaslik.
2.v. Oziq-ovqat mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlari bozorlarining tegishli tarzda faoliyat yuritishini ta’minlash choralarini ko‘rish, oziq-ovqat narxlarining keskin o‘zgarishini cheklashga yordam berish maqsadida bozor ma’lumotlaridan, jumladan oziq-ovqat zaxiralari haqidagi ma’lumotdan o‘z vaqtida foydalanishga ko‘maklashish.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish